2021- yilning yanvar - iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 3 273,2 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100,4 % ni tashkil qildi.
Respublikaning qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmida mazkur hududning ulushi 2,8 %ni tashkil etdi.
Viloyat bo‘yicha jami yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 30,7 %i – dehqonchilik mahsulotlari hamda 69,3 %i – chorvachilik mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Matbuot xizmati



