Sirdaryo viloyati aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 67,4 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (27,0 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (40,4 %) o‘z ichiga oladi.
Aholi umumiy daromadlari tarkibida shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlarning ulushi 9,1 %, mol-mulkdan olingan daromadlarning ulushi 0,5 %, transfertlardan olingan daromadlar ulushi 23,0 % ni tashkil qildi.
Matbuot xizmati


