Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- sentabr holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 92 033 tani tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2020- yilning mos davri bilan solishtirganda 117,6 %ga oshgan.

reg1709ichi

Mamlakatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) korxonalarning 17,4 foiz (92 033 ta) ulushini sanoat korxonalari tashkil etib, shundan kichik biznes subyektlari soni 91 188 tani tashkil etgan.

 Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni:

Toshkent shahri – 16 705 ta

Farg‘ona viloyati – 10 106 ta

Toshkent viloyati – 9 422 ta

Andijon viloyati – 9 401 ta

Samarqand viloyati – 8 060 ta

Namangan viloyati – 7 274 ta

Buxoro viloyati – 4 826 ta

Qashqadaryo viloyati – 4 760 ta

Surxondaryo viloyati – 4 554 ta

Xorazm viloyati – 4 110 ta

Jizzax viloyati – 3 810 ta

Navoiy viloyati – 3 489 ta

Qoraqalpog‘iston R. – 3 255 ta

Sirdaryo viloyati – 2 261 ta

 

Matbuot xizmati