Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyul holatiga qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 2855 tani tashkil etib, 2020- yilga nisbatan 10,1 % ga ko‘paydi. Ularning hududlar bo‘yicha tarkibida eng ko‘p korxonalar soni, ya'ni 952 tasi Buxoro shahridan ro‘yxatdan o‘tgan. Mazkur hududdagi bu ko‘rsatkich 2020- yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 13,1 % ga ko‘paydi.
Shuningdek, Buxoro tumanida 229 ta, G‘ijduvon tumanida 193 ta, Peshku tumanida 156 ta hamda Kogon tumanida 143 tadan qurilish korxona va tashkilotlari ro‘yxatdan o‘tgan.
Matbuot xizmati



