17/09/2021

2020- yilning 1- iyun kuni davlatimiz rahbari boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

ekolo1709ichi1

Shundan kelib chiqib, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq reja asosida, qo‘mita markaziy apparati va hududiy statistika idoralari xodimlarini tizimli o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Mazkur grafik asosida tizim xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan turli onlayn seminarlar tashkil etib kelinyapti.

ekolo1709ichi2

2021- yilning 17- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi tomonidan “Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasini yuritishda xodimlar malakasini oshirish”ga qaratilgan seminar tashkil etilgan navbatdagi videokonferensiya ham tizim xodimlarining salohiyatini oshirishning mantiqiy davomi bo‘ldi.

ekolo1709ichi3

Videokonferensiyada Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari va hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasiga oid atamalar, hisobotlarni qabul qilish usullari bo‘yicha qo’mita mutaxassislari hududiy statistika boshqarmalari xodimlarining bilim va salohiyatini o‘rgandi.

Shuningdek, Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boshlig‘i G`ulomov Shavkat Abdurahmonovich qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi ishlarini shakllantirish va takomillashtirish masalalari yuzasidan o’z takliflarini berib o’tdi.

ekolo1709ichi4

Videokonferensiyada qo‘mitaning Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi va hududiy statistika boshqarmalarining Qishloq xo'jaligi va ekologiya statistikasi bo’limi xodimlari sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama va tahlil qilgan holda tizimni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi. Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

ekolo1709ichi5

Hududiy statistika boshqarmalari Qishloq xo'jaligi va ekologiya statistikasi bo’limi xodimlarining soha bo‘yicha bergan savollariga qo‘mita vakillari batafsil javob va tushuntirishlar berdi.

 Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech