Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyati boʻyicha jami asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar tarkibida mablagʻlarni jalb qilmasdan korxona va tashkilotlar oʻz mablagʻlari hisobidan oʻzlashtirgan investitsiyalari ulushi 19,8 % ni tashkil etdi.
Mazkur koʻrsatkich hududlar kesimida kuzatilganda, eng yuqori ulush Navoiy shahrida qayd etildi – hududdagi barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalarning 8,3 % ini tashkil etdi.
Shuningdek, Karmana tumanida 3,8 %, Konimex tumanida 2,2 %, Qiziltepa tumanida 1,5 % investitsiyalar aynan korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan oʻzlashtirildi.
Matbuot xizmati



