Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-iyul holatiga qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 1630 tani tashkil etib, 2020-yilga nisbatan 7,3 % ga koʻpaydi. Ularning hududlar boʻyicha tarkibida eng koʻp korxonalar soni, yaʼni 478 tasi Navoiy shahridan roʻyxatdan oʻtgan. Mazkur hududdagi bu koʻrsatkich 2020-yildagi koʻrsatkichga nisbatan 14,9 % ga koʻpaydi.

navichi

Shuningdek, Karmana tumanida 271 ta, Qiziltepa tumanida 233 ta, Navbahor tumanida 190 ta hamda Zarafshon shahrida  133 tadan qurilish korxona va tashkilotlari roʻyxatdan oʻtgan.

Matbuot xizmati