2021- yilning 17- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Raqamli iqtisodiyotning ahamiyati va mohiyati” mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirga Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori Qo‘chqorov Tohir Safarovich taklif etildi.
Professor mavzu yuzasidan batafsil ma’lumot berdi. Xususan, elektron hukumatga doir elementlarni tatbiq etish va raqamli iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash borasida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, AKT xizmatlar keng tarqalgan bozorlarda raqamli iqtisodiyot jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Raqamli iqtisodiyot butun dunyoni qamrab olishi tufayli, axborotlashtirish va raqamlashtirishga oid har qanday davlat loyihasi kompleks ravishda hamda yagona kodlash tizimi orqali amalga oshirilmoqda.
Uchrashuv so‘nggida xodimlar raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.
Matbuot xizmati


