Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyul holatiga 3458 ta qurilish korxonalari faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich 2020- yildagi soniga nisbatan 411 taga ko‘paydi.
Bino va inshootlar qurilishi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi 80,3 % ni tashkil etdi. Mos ravishda, fuqarolik obyektlari qurilishida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi 10,2 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlarini bajarayotgan qurilish korxonalari ulushi 9,5 % ni tashkil etdi.
Matbuot xizmati


