2021- yilning yanvar - iyun oylarida Qashqadaryo viloyatining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 11 071,4 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100,2 % ni tashkil qildi.
Respublikaning qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmida mazkur hududning ulushi 9,5 %ni tashkil etdi.
Viloyat bo‘yicha jami yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 31,1 %i dehqonchilik mahsulotlari hamda 68,9 %i chorvachilik mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Matbuot xizmati



