2021- yilning yanvar - iyun oylarida Samarqand viloyatining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 12 875,3 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100,1 % ni tashkil qildi.
Respublikaning qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmida mazkur hududning ulushi 11,0 %ni tashkil etdi.
Viloyat bo‘yicha jami yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 35,8 %i – dehqonchilik mahsulotlari hamda 64,2 %i – chorvachilik mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Matbuot xizmati



