21/09/2021

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 14210,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Qurilish ishlari 2020- yilning yanvar- iyul oylariga nisbatan 87,5 % ni tashkil etib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2020- yilning mos davridagi ko‘rsatkich darajasidan 3,9 % punktga kamayib, 24,9 % ni tashkil etdi.

Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlari hajmidagi eng ko‘p ulushi Toshkent shahri (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 29,1 % i yoki 2020- yilning yanvar-may oylariga nisbatan 138,0 %, Navoiy viloyati (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 21,5 % i yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 86,6 %) va Qashqadaryo viloyati (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 20,0 % i yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 167,2 %)ga to‘g‘ri keldi.

qurilish21092021ichki

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech