Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- sentabr holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 465 361 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 462 303 tani (99,3 %) tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni yuqori hududlar:
Toshkent shahri – 95 287 ta
Toshkent viloyati – 44 455 ta
Farg‘ona viloyati – 40 177 ta
Samarqand viloyati – 39 405 ta
Andijon viloyati – 35 617 ta
Qashqadaryo viloyati – 31 420 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari soni:
savdoda – 152 653 ta
sanoatda – 91 188 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 46 331 ta
qurilishda – 44 265 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 32 908 ta
Matbuot xizmati



