21/09/2021

O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 58795,9 mlrd. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 57,1 % ini tashkil etdi, qurilish montaj ishlari bo‘yicha 37658,4 mlrd. so‘m (jami investitsiyalardagi ulushi 36,5 %) va boshqa xarajatlarga 6601,3 mlrd. so‘m (6,4 %) o‘zlashtirildi.1

Hududlar kesimida jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida qurilish-montaj ishlarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatildi – 49,9 % yoki  1596,2 mlrd. so‘m. 

Qurilish-montaj ishlarining ulushi  bo‘yicha eng quyi daraja Jizzax viloyatida kuzatilib, 20,3 % ni yoki 1 334,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Namangan viloyatida mashina, uskunalar va inventarlarga xarajatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich – 71,0 % yoki 3810,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech