21/09/2021

2021- yilning yanvar-iyul oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 56,6 % i to‘g‘ri kelib, 2020- yilning yanvar-iyul oylari ko‘rsatkichiga nisbatan 2,2 % punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2020- yil-ning mos davriga nisbatan 104,7 % ni tashkil etgan holda 32380,9 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

qur2109ichi

Joriy hisobot davrida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan eng yuqori ulush ko‘rsatkichi Toshkent shahri (8420,2 mlrd. so‘m yoki umumiy hajmga nisbatan 65,5 %), Toshkent viloyati (2554,9 mlrd. so‘m yoki 61,8 %), Farg‘ona viloyati (2430,0 mlrd. so‘m yoki 70,1 %) va Samarqand viloyatiga (2353,4 mlrd. so‘m yoki 62,2 %) to‘g‘ri keldi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech