21/09/2021

Sinov hududi  statistika boshqarmalari tomonidan sinov tariqasida aholini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoniga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.perepis1perepis2

Eslatib o’tamiz, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.perepis3

Ish jarayonida xodimlarni ishga qabul qilish bo’yicha ish rejalari tuzish,  ishga talabgor bo‘lgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazish va ro‘yxatlarini shakllantirish bo’yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.perepis4

Bundan tashqari, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish  jarayonida ro‘yxatga olish uchastkalariga ajratilgan bino va xonalar ko‘zdan kechirildi.perepis5

Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga xodimlar qabul qilish  va ro‘yxatini shakllantirish jarayoni  qizg‘in davom etmoqda.perepis6

Matbuot xizmati

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech