Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Davlat statistika qo‘mitasi ham faol qatnashmoqda.

yangihayot2409ichi1

Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi tashabbusi bilan Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida, qoʻmita xodimlari ishdan tashqari boʻsh vaqtlaridahasharlar tashkil etmoqda.

yangihayot2409ichi2

Xususan, mahallalardagi ko‘chalar, ariqlarda to‘planib qolgan turli xazonlar va boshqa chiqindilar hashar yo‘li bilan tozalandi.

yangihayot2409ichi3

Yorqin Hayot mahallasi yon atrofidagi yer maydonlariga tuproq yotqizilib, past-baland yerlar tekislandi.

yangihayot2409ichi4

Shuningdek, mazkur mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi yoʻlaklar, aholi xonadonlari аtrofidagi kirish-chiqish joylari ham tartibga keltirilib, tozalandi.

yangihayot2409ichi5

Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

 Matbuot xizmati