O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-avgust oylarida 45 ta xorijiy davlatdan qiymati 8,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,5 mln. juft oyoq kiyimlarini import qilgan.
Oyoq kiyimlari importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,2 mln. AQSh dollariga oshgan.
2021- yilning 8 oyida O‘zbekiston oyoq kiyimlarini eng ko‘p import qilgan davlatlar:
Xitoy – 4 mln.
Turkiya – 2,2 mln.
Vyetnam – 673,7 ming
Rossiya – 356,5 ming
Italiya – 326,7 ming
Chexiya – 287,1 ming
Indoneziya – 175,4 ming
Qirg‘iz R. – 99,5 ming
Hindiston – 95,5 ming
Ispaniya – 73,1 ming
Portugaliya – 53,6 ming AQSh dollari
Matbuot xizmati



