Joriy yilning 23–24 sentabr kunlari videokonferensaloqa shaklida Yevrostat va BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan “Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy statistika idoralari uchun – kelajakka e’tibor: ustuvor yo‘nalishlar va innovatsion amaliyot 2021” mavzusida  yuqori darajali seminar tashkil etildi.

simenar240921ichi1

Seminarning birinchi kunida kun tartibidan milliy statistika idoralarida olib borilayotgan islohotlarining natijalari va yutuqlari, xalqaro hamkorlikning kelajakdagi ustuvor yo‘nalishlari mavzulari o‘rin oldi.

simenar240921ichi2

Mazkur tadbirmi Yevrostat tomonidan Kristina Pereira De Sa, Yevropa erkin savdo uyushmasidan Volker Taube, BMT YEIK tomonidan Janob Stiven Veil kirish so‘zi bilan ochib berishdi.

simenar240921ichi3

simenar240921ichi4

Yuqori darajali seminarda Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi statistik hamkorlikning kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Qirg'iziston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Ukraina va O‘zbekiston statistika idoralarining ma’ruzalari tinglandi.

simenar240921ichi4

simenar240921ichi6

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan mazkur yuqori darajadagi seminarda Rais o‘rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich ishtirok etdi. Z. Ziyayev о‘z ma’ruzasida respublikada so‘nggi 5 yilda amalga oshirilayotgan islohotlar – O‘zbekiston milliy statistikasining rivojida yangi bosqichga ko‘targanini alohida ta’kidladi. Mazkur davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 16 dan ortiq xalqaro tashkilotlarning statistika boshqarmalari tomonidan ishlab chiqilgan 45 dan ortiq turdagi so‘rovnomalar asosida muhim statistik ko'rsatkichlarni shakllantirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilganini, shuningdek, BMTning statistika bo‘limi, MDH Statistika qo‘mitasi, BMT YEIK, BMTTD, UNICEF, UNFPA, UNESCO, FAO, OTB, XVJ, XVF va boshqa bir qancha tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lga qo‘yilganligi e’tirof etildi.

simenar240921ichi7

Yuqori darajali seminarning ikkinchi kunida innovatsion va raqamli statistikani rivojlantirishda Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Belarus Respublikasi va O’zbekiston Respublikasining milliy statistika idoralari tajribasi bo‘yicha taqdimotlar va ma’ruzalar tinglanadi.simenar240921ichi8

Xususan, Davlat statistika qo‘mitasidan Ochiq ma’lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig’i Akrom Sultanov hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Shaxboz Samadov erishilgan natijalar va kelajakdagi ustovor vazifalar bo’yicha ma’ruzalar qilishdi.

Matbuot xizmati