Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.bekobodichi1

Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Davlat statistika qo‘mitasi ham faol qatnashmoqda.bekobodichi2

Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent viloyati statistika boshqarmasi jamoasi umumxalq xayriya hashari doirasida ishdan bo‘sh vaqtlarida Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi “Sirdayo”, “Turkiston” va “Samarqand” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida hasharlar tashkil etmoqda.bekobodichi3

Jumladan, mahalladagi ko‘chalar, ariqlarda to‘planib qolgan turli xazonlar va boshqa chiqindilar hashar yo‘li bilan tozalandi.bekobodichi4

Shuningdek, mazkur mahalla fuqarolar yig’ini hududida, aholi xonadonlari аtrofidagi daraxtlar oqlanib, butaldi. Ishchi guruhi tomonidan keksalar, boquvchisini yo‘qotganlar, nogironlar va kam ta'minlanganlar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.bekobodichi5

Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.bekobodichi6

 Matbuot xizmati