Respublikamizda 2021- yilning yanvar–avgust oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan qariyb 8 mln. tonna sement ishlab chiqarilgan.
Sement ishlab chiqarish o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 18,2 % ga oshgan.
Sement ishlab chiqaruvchi yirik sanoat korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulushga ega hududlar:
Toshkent viloyati – 42,8 %
Navoiy viloyati – 32,1 %
Jizzax viloyati – 13,3 %
Farg‘ona viloyati – 8,2 %
Matbuot xizmati


