2021- yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 9,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 501 ta elektromobil import qilingan.
Elektromobil importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 428 taga yoki qariyb 7 baravarga oshgan.
2021- yilning 8 oyida O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?
Xitoy – 443 ta
Turkiya – 24 ta
Litva – 13 ta
Germaniya – 7 ta
AQSh – 6 ta
Koreya – 5 ta
Ispaniya – 1 ta
Rossiya – 1 ta
Gongkong – 1 ta
Ma‘lumot uchun:
2021- yilning avgust oyida O‘zbekiston xorijdan 69 ta elektromobil import qilgan.
Matbuot xizmati



