2021- yilning yanvar - iyun oylarida Namangan viloyatida  jami 5367,0 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, ularning 26,3 % i yoki 1411,4 mlrd. so‘m qurilish-montaj ishlarini bajarishda o‘zlashtirildi.1

Mashinalar, asbob-uskunalar va xo‘jalik jihozlarini sotib olish bo‘yicha o‘zlashtirilgan investitsiyalar 3810,2 mlrd. so‘mni yoki hududdagi jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 71,0 % ini tashkil etdi. Qolgan 2,7 % yoki 145,3 mlrd.so‘m  investitsiyalar boshqa xarajatlar bo‘yicha o‘zlashtirildi.

Matbuot xizmati