Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 23,7 % ni tashkil etib, 2020- yilning yanvar-avgust oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 4,0 % punktga kamaydi.
Ushbu faoliyat turida kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan ulush 2020- yilning yanvar - avgust oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,1 % ga kamayib, 49,4 % ni tashkil etdi.
Norasmiy sektorning ulushi esa 2020- yilning yanvar - avgust oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 4,1 % ga ko‘payib, 26,9 % ni tashkil etdi.
Matbuot xizmati


