Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "2023- yilda O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g`risida"gi 710-son qaroriga muvofiq aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbirlari joriy yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.as1

Mazkur tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari o‘tkazilishi belgilangan hududlarda uchastka boshlig‘i va o‘rinbosari, instruktorlar hamda statsionar ro‘yxatga oluvchilarni shartnoma asosida vaqtincha ishga jalb etiladi.  as2

Mazkur ishlarni sifatli va yuqori darajada tashkil etish maqsadida joriy yilning 29- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Qobil Berdiqulov boshchiligida hududlarda fuqarolarni vaqtincha shartnoma asosida ishga jalb etish, ularni o‘qitishni  tashkil etish yuzasidan o‘quv-amaliy seminar o‘tkazdi.as3

Seminar yakunida ro‘yxatga oluvchilarni o‘qitish bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.as4

Matbuot xizmati