2021- yilning yanvar-iyun oylarida Surxondaryo viloyatida jami 4446,5 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, ularning 45,0 % i yoki 2002,3 mlrd. so‘m qurilish-montaj ishlarini bajarishda o‘zlashtirildi.
Mashinalar, asbob-uskunalar va xo‘jalik jihozlarini sotib olish bo‘yicha o‘zlashtirilgan investitsiyalar 1889,7 mlrd. so‘mni yoki hududdagi jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 42,5 % ini tashkil etdi. Qolgan 12,5 % yoki 554,5 mlrd.so‘m investitsiyalar boshqa xarajatlar bo‘yicha o‘zlashtirildi.
Matbuot xizmati



