2021-yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyatida jami 10722,0 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, ularning 38,9 % i yoki 4166,3 mlrd. so‘m qurilish-montaj ishlarini bajarishda o‘zlashtirildi.
Mashinalar, asbob-uskunalar va xo‘jalik jihozlarini sotib olish bo‘yicha o‘zlashtirilgan investitsiyalar 5980,3 mlrd. so‘mni yoki hududdagi jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 55,8 % ini tashkil etdi. Qolgan 5,4 % yoki 575,4 mlrd. so‘m investitsiyalar boshqa xarajatlar bo‘yicha o‘zlashtirildi.
Matbuot xizmati



