2021- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10 305 tani tashkil etgan.

registrichi07102021

Joriy yilning yanvar - sentabr oylarida ushbu sohada 1 399 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 124,1 foizga oshgan.

2021- yil yanvar - sentabr oylarida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar:

Toshkent shahri – 258 ta

Farg‘ona viloyati – 158 ta

Samarqand viloyati – 149 ta

Toshkent viloyati – 115 ta

Matbuot xizmati