Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlarining asosiy qismi qurilish, turar joy va yashash uchun mo‘ljallangan hamda yashash uchun mo‘ljallanmagan binolar qurish bo‘yicha amalga oshirilgan qurilish ishlaridan tashkil topdi.
Binolar va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 24,0 % ni tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 4,8 % punktga ko‘paydi.
Ushbu faoliyat turida kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan ulush 2020- yilning mos davriga nisbatan 0,2 % punktga ko‘payib, 49,8 % ni tashkil etdi.
Norasmiy sektorning ulushi esa 2020- yilning mos davriga nisbatan 4,6 % punktga kamayib, 26,2 % ni tashkil etdi.
Matbuot xizmati



