2021- yil 1- sentabr holatiga ko‘ra, qurilish sohasi mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining barqaror osishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan sohalardan hisoblanadi. Ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni 2020- yilning mos davri bilan solishtirilganda o‘sish sur’ati 118,7 foizga oshgan.
Qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni ushbu sohaning quyidagi yo‘nalishlari kesimida qaralganda:
bino va inshootlar qurish yo‘nalishi 50,0 foiz ulushni tashkil etib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 119,3 foizga oshgan;
fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 6,9 foiz ulushni tashkil etib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 117.6 foizga oshgan;
ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 43,1 foiz ulushni va 117,6 foiz o‘sish sur’atini tashkil etdi.
Matbuot xizmati



