Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 7,1 % ni tashkil etib, 2020- yilning yanvar-avgust oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,2 % punktga ko‘paydi.
Ushbu faoliyat turida kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan ulush 2020- yilning yanvar-avgust oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,3 % punktga ko‘payib, 65,5 % ni tashkil etdi.
Norasmiy sektorning ulushi esa 2020- yilning yanvar-avgust oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,5 % punktga kamayib, 26,7 % ni tashkil etdi.
Matbuot xizmati



