2021- yil 1- oktabr holatiga respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13,7 mingtani tashkil etib, ulardan 13,2 mingtasi faoliyat yuritmoqda. Faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 908 taga oshgan.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimidagi soni:
Rossiya – 2 329 ta
Xitoy – 1 943 ta
Turkiya – 1 826 ta
Qozog‘iston – 1 048 ta
Koreya – 930 ta
Xorijiy kapital ishtirokida 2021- yil yanvar-sentabr oylarida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
Turkiya – 297 ta
Rossiya – 269 ta
Xitoy – 200 ta
Qozog‘iston – 143 ta
Koreya – 73 ta
Matbuot xizmati



