2021- yil 3–6- oktabr kunlari Shveytsariyaning Bern shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamentining statistika bo‘limi hamda Shveytsariya Konfederatsiyasi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 3-Butunjahon ma’lumotlar Forumi tashkil etildi.


Mazkur forumda 150 ga yaqin mamlakatdan 7 mingdan ortiq mutaxassislar onlayn va bevosita joyida ishtirok etdi.


Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon Ma'lumotlar Forumi hukumatlar, fuqarolik jamiyati, xususiy sektor, donor va xayriya tashkilotlari, xalqaro va mintaqaviy agentliklar, geokosmos hamjamiyati, ommaviy axborot vositalari, ilmiy doiralar va professional organlarning ma'lumotlari va statistik ekspertlari hamda foydalanuvchilarini birlashtiradi. Ma'lumotlar bo'yicha mutaxassislar va foydalanuvchilar ma'lumotlarning yangilanishini rag'batlantirish, ma'lumotlarga yuqori darajadagi siyosiy va moliyaviy yordamni safarbar etish va barqaror rivojlanish uchun yaxshiroq ma'lumot olish yo'lini yaratish uchun yig'ilishadi.


Ushbu tadbirda, Davalat statistika qo’mitasining Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig’i Akrom Sultanov qatnashdi.
Matbuot xizmati


