Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 8,8 % ni tashkil etib, 2020- yilning yanvar - avgust oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 5,7 % punktga ko‘paydi.

qurilish_ichi_13102021

Ushbu faoliyat turida kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan ulush 2020- yilning yanvar - avgust oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,6 % punktga ko‘payib, 65,1 % ni tashkil etdi.

Norasmiy sektorning ulushi esa  2020- yilning yanvar - avgust oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 8,3 % punktga kamayib, 26,1 % ni tashkil etdi.

Matbuot xizmati