Joriy yilning 12- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi  raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida qo‘mita boshqarma boshliqlari Toshkent shahar Yashnobod tumanida, sinov tariqasida aholini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoniga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

aholi_ichi_13_10_2021

Eslatib o’tamiz, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbirini sifatli va samarali tashkil etish yuzasidan qo‘mita raisi o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi.aholi_ichi1_13_10_2021

Shuningdek, aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g'risidagi ishonchli axborot manbasi bo‘lishi ta’kidlandi.

aholi_ichi2_13_10_2021

Aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir davrda O‘zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma'lumot darajasi, uy-joy bilan ta'minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil ma'lumot olishga yordam beradi. Shuningdek, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.

aholi_ichi4_13_10_2021

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 4- oktabr sanasidan boshlab, sinov hududlarida shartnoma asosida ishga jalb qilinadigan shaxslar (ro‘yxatga olish uchastka boshlig‘i va uning o‘rinbosari, instruktor, statsionar ro‘yxatga oluvchi va ro‘yxatga oluvchi)larni maxsus dastur asosida o‘qitish va amaliy ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminarlar boshlandi.

aholi_ichi5_13_10_2021

Qo‘mita raisi o’quv-seminarlarda ro‘yxatga oluvchilarga mahallalarning sxematik xaritalari asosida uy-joylar ro‘yxatidan foydalanish, so‘rovnoma blankalarini to‘g‘ri to‘ldirish,  respondentlar bilan muloqot qilish, to‘ldirilgan blankalarni saqlanishi va topshirilishi yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berdi.

Seminarlar oktabr oyi davomida reja grafik asosida  o‘tkaziladi.

 

Matbuot xizmati