Joriy yilning 15- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi hamda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti hamkorligida videokonferensiya tashkil etildi.

Mazkur onlayn tashkil etilgan Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi hamda Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi vakillari, Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.

Dastlab, Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi boshlig‘i Zakirov Dilshod Tairovich “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni haqida taqdimot o‘tkazdi.


Taqdimot davomida Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ishlab chiqish asoslari, yangi Qonunda nazarda tutilgan normalar, Qonun loyihasini tayyorlashda o‘rganilgan xalqaro tajriba haqida batafsil ma'lumot berildi.


Shuningdek, onlayn muloqot davomida Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti o‘qituvchilari va talabalari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob olishdi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va bu kabi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazishga kelishib olindi.
Matbuot xizmati


