18/10/2021

Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini shuningdek, barcha fuqarolarni sportning ommaviy turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

sport1810ichi1

sport1810ichi2

Ayni maqsadda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktabrdagi “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6099-son farmoni qabul qilingan. Farmonda nazarda tutilgan vazifalar  ijrosini taminlash yuzasidan barcha tashkilotlar ishchi-xodimlari o‘rtasida sog'lom turmush tarzini keng tadbiq qilishga qaratilgan turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

sport1810ichi3

sport1810ichi4

Jumladan, 2021- yilning 16- oktabr kuni hududiy statistika boshqarmalarida “Ommaviy sportni rivojlantirish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish chora-tadbirlari dasturi” yuzasidan xodimlar o'rtasida mini-futbol, voleybol va boshqa sport turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazildi.

sport1810ichi5

sport1810ichi6

Bunday tadbirlar, o`z navbatida, sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, jismonan baquvvat va ma`nan yetuk shaxslar jamiyatini barpo etishga xizmat qiladi.

Shuningdek, qo`mita tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, o`zaro hamjihatlik, birdamlik va do`stona muhit orqali mehnat faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgani bilan ham muhim ahamiyatga ega.

 Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech