18/10/2021

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi belgilangan.

aholi_ich_18_10

Mazkur tadbirlarni samarali o‘tkazish maqsadida, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga oluvchi shaxslarni o‘qitish var ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorlash ishlari boshlandi.

Xususan, joriy yilning 4- oktabridan boshlab, sinov hududlarida shartnoma asosida ishga jalb qilinadigan shaxslar (ro‘yxatga olish uchastka boshlig‘i va uning o‘rinbosari, instruktor, statsionar ro‘yxatga oluvchi va ro‘yxatga oluvchi)larni maxsus dastur asosida o‘qitish va amaliy ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminarlar o’tkazilmoqda.

aholi_ich1_18_10

Seminarlarda xodimlarga ishlarni qanday tashkil etish,  kadastr organlari tomonidan tayyorlangan mahallalarning sxematik xaritalari asosida uy-joylar roʻyxatidan foydalanish, soʻrovnoma blankalarini qanday toʻgʻri toʻldirish,  respondentlar bilan muloqot qilish, toʻldirilgan blankalarni saqlanishi va topshirilishi yuzasidan koʻrsatmalar berilmoqda.

aholi_ich2_18_10

Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. Begalov Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq  tumanida sinov tariqasida aholini roʻyxatga olish  boʻyicha vaqtincha jalb qilingan instruktorlik uchastkalari xodimlari uchun tashkil etilgan oʻquv-amaliy seminarda ishtirok etib, oʻz fikr mulohazalarini bildirdi.

aholi_ich3_18_10

aholi_ich4_18_10

Seminarlar oktabr oyi davomida reja grafik asosida  davom ettiriladi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech