2021- yilning 1- oktabr holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 475 349 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 472 273 tani (99,4 foiz) tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Toshkent shahri – 96 647 ta
Toshkent viloyati – 45 153 ta
Farg‘ona viloyati – 41 073 ta
Samarqand viloyati – 40 607 ta
Andijon viloyati – 36 325 ta
Qashqadaryo viloyati – 31 903 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
savdoda – 156 928 ta
sanoatda – 93 054 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 47 094 ta
qurilishda – 44 845 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 33 635 ta
Matbuot xizmati


