Bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining 76,9 % i yoki 2283,8 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

Yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 588,4 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish tashkilotlarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi 19,9 % ni tashkil etdi.
Matbuot xizmati


