Jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi, 2020- yilning mos davridagi ulushiga nisbatan 3,5 % punktga kamayib, 18,7 % ni yoki 30612,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 133321,3 mlrd. so‘m yoki jami investitsiyalarning 81,3 % investitsiyalari o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 3,5 % punktga ko‘paydi.
Matbuot xizmati


