2021- yil 1- oktabr holatiga ko‘ra qurilish ishlari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda o‘sish sur’ati 126,3 foizga oshgan.

Shundan:
bino va inshootlar qurish yo‘nalishi 57,0 foiz ulushni tashkil etib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 111,1 foizga oshgan;
fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 9,8 foiz ulushni tashkil etib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 117,8 foizga oshgan;
ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 33,2 foiz ulushni va 115,4 foiz o‘sish sur’atini tashkil etdi.
Matbuot xizmati


