2021- yil 20- oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlari uchun "Ma'muriy ma'lumotlar manbalaridan foydalangan holda mehnat migratsiyasini o'lchash, aholini ro'yxatga olish ma'lumotlari va uy xo'jaliklari tanlanma kuzatuvlari" bo'yicha ikkinchi mintaqaviy onlayn-seminar bo'lib o'tdi.

Tadbir Rossiya Federatsiyasining moliyaviy ko'magida, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg'armasi (UNFPA), Rossiya Federatsiyasining Federal davlat statistika xizmati (Rosstat) va xalqaro statistik ekspertiza markazi tomonidan tashkil etildi.

Seminarda MDH davlatlaridan 50 nafardan ortiq mutaxassis - milliy statistika xizmatlari vakillari, mehnat migrantlari, shuningdek, hududiy tashkilotlar va ilmiy hamjamiyat to'g'risidagi ma'lumotlarni to'playdigan boshqa davlat idoralari hodimlari ishtirok etdi.

Seminar yangi formatda bo'lib o'tdi. Tadbirning birinchi qismida mutaxassislarning turli ma'lumot manbalari yordamida mehnat migratsiyasini o'lchash bo'yicha ma'ruzalari tinglandi, ikkinchi qismida esa ishtirokchilar loyiha guruhlarida belgilangan mavzular bo'yicha ish olib bordilar.

"Mehnat migratsiyasini o'lchash bilan bog'liq muammolar o'z ahamiyatini yo'qotmaydi", — deydi Moskva davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti aholi va demografik iqtisodiyot laboratoriyasining rahbari moderator Olga Chudinovskix. - Mazkur seminarning maqsadi — mehnat migratsiyasi bo'yicha statistik ma'lumotlarning asosiy manbalari va turlarini ko'rib chiqish va MDH davlatlarining tajribasidan aniq misollar bilan taqdim qilishdir.

Tadbirda, Davlat statistika qo'mitasidan Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig'i Zoyir Yo'ldoshev, boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Sherzod Abrayev va Aholi turmush darajasi statistikasi va kuzatuvlari boshqarmasi bosh mutaxassisi Muslima Muhammedova qatnashdi.
Matbuot xizmati


