2020- yil yakunlariga ko‘ra Respublika bo‘yicha toksik va notoksik chiqindilar hosil qiladigan tashkilotlarda hosil bo‘lgan jami chiqindilar miqdori 125,6 mln. tonnani tashkil etdi.
Ushbu ko‘rsatkich hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ulush Navoiy viloyati – 48,2 %, Toshkent viloyati – 34,6 % va Jizzax viloyati – 9,1 % hissasiga, aksincha eng kam ulush Sirdaryo viloyati – 0,01 %, Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 0,02 % hamda Farg‘ona viloyati – 0,03 % hissasiga to‘g‘ri keldi.

Matbuot xizmati


