Joriy hisobot davrida ham asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning katta qismi yangi qurilishga yo‘naltirildi. Yangi qurilishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 77810,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 47,5 % ini tashkil etdi.

invest2_26_10_21_ichi

Iqtisodiyotda mavjud obyektlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar 47130,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va respublikadagi jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning  28,7 % ini tashkil etdi. Qolgan 23,8 %, ya’ni 38993,3 mlrd. so‘m boshqa xarajatlarga yo‘naltirildi.

Matbuot xizmati