Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi. Yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur'ati 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda
3,1 barobarga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.

Yanvar-sentabr oylarida sanoat sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni yillar kesimida:
2016- yilda – 5 017 ta
2017- yilda – 8 262 ta
2018- yilda – 8 538 ta
2019- yilda – 15 841 ta
2020- yilda – 14 566 ta
2021- yilda – 15 454 ta
Matbuot xizmati


