2021- yil yanvar - sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida respublika budjeti hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 8,5 % ni tashkil etdi.

Mazkur ko‘rsatkich hududlar kesimida kuzatilganda, eng yuqori ulush Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etildi – hududdagi jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 13,0 % ini tashkil etdi.
Shuningdek, Samarqand va Surxondaryo viloyatlariida bu ko‘rsatkich 11,5 %, Sirdaryo viloyatida 10,9 % va Toshkent viloyatida 10,1 % ga yetdi.
Matbuot xizmati


