O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi belgilangan.

perepis_26_10_21_ichi1

Mazkur tadbirlarni samarali o‘tkazish maqsadida, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga oluvchi shaxslarni o‘qitish var ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorlash ishlari boshlandi.

perepis_26_10_21_ichi2

perepis_26_10_21_ichi3

Xususan, joriy yilning 4- oktabridan boshlab, sinov hududlarida shartnoma asosida ishga jalb qilinadigan shaxslar (ro‘yxatga olish uchastka boshlig‘i va uning o‘rinbosari, instruktor, statsionar ro‘yxatga oluvchi va ro‘yxatga oluvchi)larni maxsus dastur asosida o‘qitish va amaliy ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminarlar o’tkazilmoqda.

perepis_26_10_21_ichi4

Seminarlarda xodimlarga ishlarni qanday tashkil etish,  kadastr organlari tomonidan tayyorlangan mahallalarning sxematik xaritalari asosida uy-joylar roʻyxatidan foydalanish, soʻrovnoma blankalarini qanday toʻgʻri toʻldirish,  respondentlar bilan muloqot qilish, toʻldirilgan blankalarni saqlanishi va topshirilishi yuzasidan koʻrsatmalar berilmoqda.

perepis_26_10_21_ichi5

Davlat statistika qoʻmitasi boshqarma boshlig‘i N. Sheraliyev Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq  tumanida sinov tariqasida aholini roʻyxatga olish  boʻyicha vaqtincha jalb qilingan instruktorlik uchastkalari xodimlari uchun tashkil etilgan oʻquv-amaliy seminarda ishtirok etib, oʻz fikr mulohazalarini bildirdi.

perepis_26_10_21_ichi6

Seminarlar oktabr oyi davomida reja grafik asosida  davom ettiriladi.

Matbuot xizmati