2021- yilning yanvar - sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida mablag‘larni jalb qilmasdan korxona va tashkilotlar o‘z mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirgan investitsiyalari ulushi 29,1 % ni tashkil etdi.

inves_27_10_21_ichi

Mazkur ko‘rsatkich hududlar kesimida kuzatilganda, eng yuqori ulush Toshkent shahrida qayd etildi – hududdagi barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalarning 39,1 % ini tashkil etdi.

Shuningdek, Jizzax viloyatida  36,7 %, Toshkent viloyatida 36,2 %, Samarqand viloyatida 34.4 % investitsiyalar aynan korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirildi.

Matbuot xizmati