Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2021- yilning yanvar – sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 222,2 trln. so‘mni yoki 2020 yilning mos davriga nisbatan 104,2 % ni tashkil qildi. Jumladan, jami qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 213,9 trln. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,1 % ni tashkil etdi.

topik_27_10_21_ichi

Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlillar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 70,6 % i – dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 26,0 % i – fermer xo‘jaliklariga, 3,4 % i – qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelganligini ko‘rsatmoqda.

Matbuot xizmati